16:35 / 10.01.2018
5388

AQSh sudi: Tramp ma'muriyati noqonuniy muhojirlarni himoya qilishi kerak

Foto: Reuters

AQShning Kaliforniya shtati San-Frantsisko shahri federal sudi prezident Donald Tramp ma'muriyati Qo‘shma Shtatlarga voyaga yetmagan vaqtida kirgan va noqonuniy yashayotgan muhojirlarni deportatsiyadan himoya qilish dasturini vaqtincha tiklashi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters agentligiga asoslangan holda TASS xabar bermoqda. 

2017 yil sentabrida Tramp ma'muriyati goda Deferred Action for Childhood Arrivals – DACA dasturini bekor qilishga qaror qilgan edi. Bu dastur undan avvalgi prezident Barak Obama tomonidan joriy qilingandi. AQSh adliya vaziri Jyeff Seshns buni immigratsiya qonunchiligini aylanib o‘tish deb baholagan hamda DACA dasturini bekor qilish jarayoniga yarim yil vaqt ketishini aytgandi. AQSh Kongressiga shu vaqt mobaynida dastur muqobilini ishlab chiqish taklif etilgan edi. 

Shundan so‘ng, 10 dan ortiq shtat sudga murojaat qilib, DACA dasturini bekor qilishni noqonuniy deb topishni talab qilishgan. Chunki bu muhojirlarning qonuniy huquqlarini qo‘pol ravishda buzadi.
 
9 yanvar kuni San-Frantsisko sudyasi Uilyam Elsap mazkur ish bo‘yicha ilk xulosasini berdi. Unga ko‘ra, dasturni to‘xtatish jarayoni yakuniga yetmaguncha kuchida qolishi kerak, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, AQSh ma'muriyati 2017 yil sentabriga qadar dasturda ishtirok etmaganlardan yangi arizalarni qabul qilmasligi mumkin.
 
Obama boshqaruvi vaqtida joriy qilingan DACA dasturi AQSh hududida yashab kelayotgan va 2012 yil iyun holatiga ko‘ra, 31 yoshdan kichik bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanilgan. Dastur ta'sir doirasiga kirish uchun Amerikada noqonuniy istiqomat qilib kelayotgan xorijlik fuqaro 2007 yil iyunidan boshlab yashab kelayotgan va o‘sha vaqtda 16 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi talab etilar edi. Dastur asosida yiliga 800 ming atrofidagi kishi deportatsiya bo‘lishdan qutulib qolar edi. 

Top