2018 yil 1 iyulidan aholining real daromadlari, iş haqi, pensiyalar, nafaqalar va boşqa tölovlar miqdorining, şu jumladan, hududlar kesimida «yaşaş minimumi» va «iste'mol savatçasi»ga mutanosibligi ta'minlanadi. Bu muhokama uçun e'lon qilingan 2017−2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida közda tutilgan.
Iste'mol minimumi – inson tanasining normal işlaşini ta'minlaş va uning soğliğini, oziq-ovqat mahsulotlari töplamini, şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining eng kam miqdorini va insonning asosiy ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondiriş uçun zarur bölgan minimal xizmatlar töplamini ta'minlaş uçun yetarli bölgan qiymat hisoblanadi (ufq.uz ma'lumoti).
Iste'mol minimumi hajmi ikki elementdan iborat – fiziologik va ijtimoiy. Fiziologik minimum – inson yaşaşi uçun zarur bölgan moddiy qadriyatlar qiymati ifodasidir. Dunyo amaliyotida fiziologik minimum umumiy iste'mol minimumning örtaça 85-87 foizini taşkil etadi, qolganlari ijtimoiy qismiga – ya'ni, minimal darajada maqbul turmuş tarziga muvofiq ma'naviy qadriyatlar töplamiga töğri keladi.
Iste'mol minimumini aniqlaş
Jahon amaliyotida mamlakatda turmuş darajasini (iste'mol minimumini) belgilaş uçun bir neçta variant işlab çiqilgan.
- Statistik usul, ma'lum bir mamlakatning eng badavlat fuqarolarining daromadlari darajasida, iste'mol minimumini belgilaşni nazarda tutadi. Bu usul daromad darajasi juda yuqori bölgan davlatlarda qöllanilişi mumkin.
- Sub'yektiv yoki ijtimoiy yondaşuv, aholi örtasida minimal daromadlar yuzasidan ötkazilgan ijtimoiy söravnomalar natijalariga asoslanadi. Bunday usul köproq konsultativ (maslahatlaşilib hal etiladi) tarzda körinişda böladi, çunki uning natijalari davlatning real iqtisodiy imkoniyatlariga mos kelmasligi mumkin, lekin u odamlarning haqiqiy ehtiyojlarini ifodalaydi.
- Resurs uslubi, iqtisodiyotning iste'mol minimumini ta'minlab beriş imkoniyatiga asoslangan bölib, bunday uslub köproq rivojlangan mamlakatlarda qöllaniladi.

















