Özbekiston aholisining neça foizi rasman kambağal hisoblanadi? Kambağallikni belgilaş mezonlari nimalardan iborat?
Kun.uz muxbiri uşbu savol bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Kambağallikni qisqartiriş siyosatini yuritiş departamenti direktori Ilhom Mamatqulovga murojaat qildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yil boşida mamlakatda kambağallik darajasi 12–15 foiz atrofida ekanini aytgandi.
«Gap 4–5 million aholi vakillari haqida ketyapti. Bu – juda katta raqam», – degandi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatida.
Ilhom Mamatqulovning sözlariga köra, uşbu raqam pandemiya tufayli 2020 yilda bir yarim baravarga oşgan.
«Dastlabki hisob-kitoblarimizga köra, bazaviy iste'mol xarajatlari miqdoridan kelib çiqib aytişimiz mumkinki, aholining kambağallik darajasi yil boşida aytilgan körsatkiçga nisbatan sezilarli darajada oşgan», – dedi departament direktori.

Ilhom Mamatqulov şundan boşqa aniq raqamlarni keltirmagan holda, kambağal aholi sonini aniqlaş va mezonlarni işlab çiqiş ustida iş olib borilayotgani, bu boradagi işlar yakuniy bosqiçda ekanini aytdi.
Uning ta'kidlaşiça, kambağallikni ölçaş böyiça metodikalar turliça. Vazirlik qay birini tanlagani va umuman şu mavzuga doir boşqa masalalar tegişli hujjat qabul qilinişidan oldin keng muhokamaga çiqariladi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda iste'mol savatçasi va yaşaş darajasi minimumi belgilanişi 2017 yilda aytilgan edi, şundan söng bir neça bor uşbu masalaga belgilangan muhlatlarda aniqlik kiritilmay kelmoqda.













