Jahon | 22:30 / 10.01.2018
7344
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing 2017 yilda rekord natija qayd qildi

AQShning Boeing aviasozlik kompaniyasi 2017 yil yakunlariga ko‘ra, mijozlarga 763 ta samolyot yetkazib berdi. Bu natija 2015 yilgi rekord natijadan bittaga ko‘p bo‘ldi. 

Boeing vakillarining aytishicha, kompaniya bu borada bosh raqobatchisi Airbus’ni qatorasiga 6-yil ortda qoldirmoqda. Airbus o‘z natijalarini keyinga haftada e'lon qiladi. 

Bundan tashqari, Boeing o‘tgan yil 912 ta samolyotga buyurtma olgan. Kompaniyaning 2017 yil oxiriga kelib buyurtmalar portfeli rekord darajadagi 5 ming 864 ta samolyotni tashkil qildi. Bu esa kompaniyaga yana 7 yillik ishlab chiqarishni ta'minlaydi.  

Jumladan, kompaniyaning eng ommaviy modeli – tor fyuzelyajli Boeing 737’ga buyurtmalar 2017 yilda 35 foizga oshib, 745 taga yetgan. Bu samolyotlardan har oy 47 dona ishlab chiqarilgan. 

Shu bilan birga keng fyuzelyajli Boeing 747’ga buyurtmalar 2016 yilgi 28 donaga nisbatan 2017 yilda 12 donaga kamayib ketgan. Bu esa AQSh va dunyodagi aviakompaniyalar tejamkor modellarga o‘tayotgani bilan bog‘langan.

 

Mavzuga oid