Myanma armiyasi rohingya musulmonlari o‘ldirilishiga aloqadorligini ilk bor tan oldi
Myanma armiyasi 10 nafar rohingya musulmoni o‘ldirilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu rohingyalar qoldiqlari dekabrda Arakan shtatidagi ommaviy qabrda topilgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylar o‘tgan yil avgustidan – Arakanda rohingyalarga qarshi kuch operatsiyasi boshlangandan beri rohingyalarning o‘limiga aloqadorliklarini ilk bor tan olganlar. BMT va ko‘plab davlatlar Myanma armiyasini katta ko‘lamli zo‘ravonlikda ayblamoqdalar, harbiylar esa buni rad etmoqdalar.
“Qishloq aholisi ham, xavfsizlik kuchlari ham 10 nafar bengallik terrorchini o‘ldirganlarini tan olganlari rost. Armiya qotillikni sodir etganlar va kuch ishlatish qoidalarini buzganlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”, deb aytganlar myanmalik harbiylar.
Arakandagi rohingyalar qoldiqlari topilgan induslar qishlog‘idagi qabr Myanma harbiylari tomondan 18 dekabrda topilgan. O‘shanda Myanma armiyasi halok bo‘lganlar hududda rohingya jangarilarining hukumat pozitsiyalariga hujumi sababli avj olgan zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lganlarini aytganlar.
Rohingya musulmonlari yashaydigan Arakan shtatidagi vaziyat o‘tgan yilning 25 avgustida keskinlashgan. O‘shanda “Rohingyalarni qutqarish Arakan armiyasi” harakati jangarilari politsiyaning 30 ta tayanch punktiga hujum qilganlar. Shundan keyin mamlakat xavfsizlik kuchlari hududda kuch operatsiyasini boshlagan. Hukumatning rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 414 kishi halok bo‘lgan. Biroq “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti to‘qnashuvlarning birinchi oyidayoq 6,7 ming kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
-
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
-
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 22:55 / 13.03.2025
Mavzuga oid

09:37 / 13.12.2020
BMT mutaxassisi rohingya qochqinlari jo‘natilgan orolda xavfsizlik bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda

11:38 / 07.12.2020
Bangladesh rohingyalarni orolga jo‘natdi. Bu yerda ularning hayoti xavf ostida qolishi mumkin

06:50 / 19.04.2020
2 oy dengizda sarson bo‘lgan yuzlab rohingya qochqinlari qutqarildi

13:57 / 13.11.2018