The Guardian naşri ismini oşkor qilişni istamagan rasmiyga asoslanib yozişiça, 1642 nafar qoçqin Bangladeş flotiga tegişli 7 kemada Çittagong portidan Başan Çar oroliga olib borilgan.
Uç soatlik safardan keyin orolga yetib borilgan. Bu orol bir paytlar musson yomğirlari sabab suv ostida qolgandi. Endilikda orolda ihota devorlari, uylar kasalxonalar va masjidlar mavjud. Buning uçun Bangladeş hukumati 112 million AQŞ dollari sarflagan.
Mamlakatning asosiy qismidan 34 kilometr uzoqlikda joylaşgan bu orol 20 yil avval özlaştirilgan va unda şu kungaça odam yaşamas edi.
Qoçoqlar bilan orolga borgan bangladeşlik jurnalist Soliq Nö'monning aytişiça, qoçoqlar orolga yetib borgaç, avval tana haroratlari ölçangan. Keyin ularga tuşlikka guruç, tuxum va tovuq göşti berilgan. Kemaga çiqişlaridan oldin ularga koronavirusdan himoyalaniş maqsadida niqoblar ham berilgandi.

Oroldagi şaroitlar 100 000 kişiga möljallangan. 100 000 - Myanmadagi tazyiqlardan qoçib, Koks bozor dahasida nihoyatda gavjum qoçoqlar lagerida yaşab kelayotgan millionga yaqin rohingya musulmonlarining öndan biri, xolos.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti qoçoqlar orolga köçiş masalasida «erkin qaror» qabul qilişlari kerakligini aytib xavotirini bildirgan.
Başan Çardagi infratuzilmani rivojlantiriş direktori kommodor Abdulloh ol-Ma'mun Çouduri qoçoqlarning xavfsizligi böyiça xavotirga örin yöq, deb aytgan.
U, şuningdek, BMT va boşqa taşkilotlar vakillari orolga borib, barçasiga guvoh bölişlari mumkinligini aytgan. Xalqaro taşkilot vakillari orolga qaçon borişlari mumkinligi haqidagi savolga javoban «hukumat bu masala ustida işlayotgani» aytilgan.
Xorijiy OAV vakillari orolga borişiga ruxsat berilmagan.












