BMTning fikriça, toşqinlar köp böladigan Basan Çar orolida texnik va xavfsizlik tekşiruvi ötkazişga ruxsat berilmagani va qoçoqlarni köçirişda qatnaşişga jalb qilinmaganidan norozi.
BMTning Myanmadagi inson huquqlari böyiça mutaxassisi Tomas Endryusning aytişiça, tekşiruv barçani qoniqtiradigan yöl hisoblanadi. «Şundagina Basan Çar qoçoqlarni öz bağriga olişga yaroqli ekaniga işonç hosil qiliş va qanday özgarişlar kerak bölişini aniqlaş mumkin. Şundagina Bangladeş hukumatining Basan Çarga qoçoqlar öz xohişlariga köra köçganlari haqidagi ma'lumotga işoniş mumkin», degan Endryus öz bayonotida.
Bangladeş hukumati hali javob berganiça yöq.
Eslatib ötamiz, Bangladeş hukumati qoçoqlar orolga öz xohişlariga köra köçganlarini aytgan. Biroq qoçoqlarning özi va ayrim mutaxassislar köçişga majbur qilinganini iddao qilişmoqda.










