Jamiyat | 11:20 / 10.01.2018
19954
1 daqiqa o‘qiladi

Mansabdor shaxslar harakatlari ustidan shikoyat qilish tizimi takomillashtiriladi

Foto: Fotolia

O‘zbekistonda ma'muriy adliya, ya'ni davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

2018 yil 1 iyulga qadar bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Loyihalarda:

ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilish tartibini yanada takomillashtirish;

nizoni sudgacha hal qilish usuli sifatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini kollegial eshitish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ustida Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DBA ish olib boradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid