Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev keyingi hafta boshida AQShga safar uyushtiradi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-18 yanvar kunlari AQShga rasmiy safar uyushtiradi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, safar davomida Nazarboyevning AQSh prezidenti Donald Tramp, AQShning rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan.
“Davlat rahbari tashrif doirasida BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi BMTda 18 yanvarda Qozog‘iston prezidenti raisligida “Ommaviy qirg‘in qurollarining tarqatilmasligi: ishonch choralari” mavzusida debatlar o‘tishini ma'lum qilgan.
Oq uyning ma'lum qilishicha, 16 yanvarda Vashingtonda Trampning Nazarboyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
“Prezidentlar mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha strategik sheriklikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘llarini muhokama qiladilar”, deyilgan Oq uy xabarida.
Oq uyning ma'lum qilishicha, Tramp va Nazarboyev Qozog‘istonning bir qator xalqaro masalalar, ayniqsa Afg‘oniston masalasini hal qilishdagi yetakchiligini muhokama qilishadi.
Qozog‘iston 1 yanvardan ilk bor BMT Xavfsizlik kengashida raislik qilmoqda. Qozog‘istonning raisligi 31 yanvargacha davom etadi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026