Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nima uchun Fransiyada rahbar dam olish kunlari o‘z xodimlariga qo‘ng‘iroq qila olmaydi?
Bir yil ilgari Fransiyada ajoyib qonun qabul qilindi: endi rahbarlar ishdan tashqari vaqtda o‘z xodimlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin emas.
Shu bilan birga, endi firma va tashkilotlar xodimlari dam olish vaqtlarida rahbariyatdan kelgan elektron pochtani o‘qimaslik huquqiga ega, deyiladi The Guardian nashrida.
Bunday qonunning qabul qilinishiga mahalliy shifokorlar sababchi bo‘lishdi: ularning so‘zlariga ko‘ra, kechki payt rahbar bilan aloqadan olinadigan stress sog‘liqqa salbiy ko‘rsatadi. Bu "doim aloqada" bo‘luvchi xodimlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘z isbotini topdi.
Darvoqe, Fransiya haqida yana bir ma'lumotga ega bo‘lishni istaysizmi?
Bu yerda ishchi hafta atigi 35 soat davom etar ekan, ya'ni fransuzlarning oddiy ish kuni soat 16:00da yakuniga yetar ekan!
Rahbarlarning kechki payt va dam olish kunlarida o‘z qo‘l ostidagilarga qo‘ng‘iroq qilishini taqiqlovchi qonun qabul qilishdan avval jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. Qonunni 60 foizdan ortiq yollanma ishchi qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026