Sport | 21:10 / 10.01.2018
14774
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov JCh-2018da ishtirok etishi mumkin

Foto: the-afc.com

FIFA Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida, hakamlarning video-yordamchisi (VAR) tizimidan foydalanishga qaror qildi, deb xabar bermoqda AS. 

Agar 22 yanvar kuni Xalqaro futbol uyushmalari kengashi bu qarorni ma'qullasa, FIFA videohakamlar ro‘yxatini tuzish ishlarini boshlab yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 2017 yilgi Konfederatsiyalar Kubogida VAR tizimini sinovdan o‘tkazgan edi. Unda o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov videohakam sifatida ishtirok etgandi. Endi hamyurtimiz JCh-2018da ham qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid