Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo do‘konidan 7 mln 600 ming so‘m pulni o‘marib ketgan ayollar qo‘lga olindi
Buxoro viloyati Qorako‘l tuman IIBga, Qorako‘l tumani, Regehaydar MFYda yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan M.M. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxslar Qorako‘l shahar Dehqon bozorida joylashgan unga tegishli savdo do‘konidagi stol ostida turgan sumkasidan 7.600.000 so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab ketganliklarini bildirgan edi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga viloyat IIB.
Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar F.Xo‘jayev MFY Qizilqum ko‘chasi 66-uyda yashovchi lo‘li millatiga mansub 3 nafar ayol, 1982 yilda tug‘ilgan G.K., 1976 yilda tug‘ilgan Z.Q. va 1990 yilda tug‘ilgan J.E. sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan 7.600.000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu holat yuzasidan G.K., Z.Q. va J.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
12:10 / 27.05.2026