O‘zbekiston | 04:00 / 10.01.2018
6723
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo sifatida kirish yuzasidan muzokaralarni faollashtiradi

Foto: Jahon savdo tashkiloti

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘limida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Jumladan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo sifatida kirishi yuzasidan muzokaralarni faollashtirish uchun 2018 yil 1 noyabrgacha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi belgilab olinmoqda.

Mazkur Dasturda:

  • milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarida nazarda tutilgan normalar bilan o‘zaro taqqoslash hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibini tasdiqlash ;
  • xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish ustunliklari, oqibatlarini o‘rganish va tahlil qilish hamda mamlakat uchun manfaatli shartlarda huquqiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
  • Jahon savdo tashkilotining O‘zbekiston Respublikasini ushbu tashkilotga a'zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhi bilan to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish nazarda tutiladi.
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid