Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Iordanning g‘arbiy sohilida uy-joy qurishni davom ettiradi
Isroil Mudofaa vazirligining Iordanning G‘arbiy sohilidagi isroilliklar bo‘yicha qo‘mitasi daryoning g‘arbiy sohilidagi hududda 1,1 mingdan ortiq uy-joy qurish loyihasini tasdiqladi. Bu haqda "Shalom axshav" tashkiloti ma'lum qildi.
«Rejalashtirish qo‘mitasining 10 yanvar kungi majlisida Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 1 ming 122ta uy va 209ta posyolka quriladi. Qurilish ishlari uchun tender boshlanadi», deyilgan xabarda.
9 yanvar kuni Isroil harbiy mahkamasi rahbari Avigdor Liberman yaqin vaqtlar ichida Iordanning g‘arbiy sohilida 2,4 mingdan ortiq uy qurish rejalashtirilganini ma'lum qilgandi.
Iordanning g‘arbiy sohilida yahudiylar uchun turar joylar qurishi to‘xtatilmasligi o‘n yillardan buyon davom etib kelayotgan Falastin-Isroil mojarosi hal etilishida asosiy to‘siq hisoblanadi. 2016 yilning 23 dekabrida BMT Xavfsizlik Kengashining 2334 rezolyutsiyasi bilan Isroildan bosib olingan hududlarga o‘z aholisini ko‘chirishni to‘xtatish talab etilgandi. Isroil tomoni o‘shanda bu talabni bajarmasligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026