Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MBning Xalq banki va «Mikrokreditbank»dagi ulushi Moliya vazirligiga berildi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bankning Xalq banki va «Mikrokreditbank» ustav kapitallaridagi ulushini tezkor boshqarish huquqi asosida beg‘araz tarzda oladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 9 yanvarida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.
O‘zbekiston rahbari Markaziy bankning Xalq banki va «Mikrokreditbank» ustav kapitallardagi ulushini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga operativ boshqarish huquqi asosida beg‘araz tarzda berish to‘g‘risidagi taklifni ma'qulladi.
Shuningdek, prezident shunday tartibni belgilab qo‘ydiki, unga muvofiq tijorat banklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari kuzatuv kengashlari tarkibiga Markaziy bank xodimlarining kiritilishi taqiqlandi.
Mavzuga oid
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
11:34 / 30.04.2026
Valuta operatsiyalari tartibida nimalar o‘zgardi?
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
17:55 / 29.04.2026