O‘zbekiston shaxsiy tomorqalarida 6,5 mln tonna hosil olish mumkin
O‘zbekistondagi shaxsiy tomorqalarda ertagi, o‘rtagi va to‘qsonbosti usulida hosil olishga erishilsa, qariyb 6,5 mln tonna hosil olish imkoni paydo bo‘ladi. Raqamlarda aytilsa, salkam 7 trln so‘m qo‘shimcha daromad deganidir. Xalqaro Press-klubning 11 yanvardagi sessiyasida shu haqda so‘z bordi. Shu maqsadda tumanlar va qishloqlardagi shaxsiy tomorqalarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
“Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda tomorqalarda 2 mln 700 ming tonna atrofida sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan. Bu tomorqa katta daromad manbai ekanini isbotlamoqda. Ya'ni odamlarning iste'mol savatchasi, oila byudjyeti boyishini va turli to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashini anglatadi”, - dedi Oliy Majlis Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a'zosi Bahodir Yusupov.
Uning aytishicha, bugungi kunda har bir qishloq xonadoni o‘rganilib, ma'lum bir aholi punktiga qancha pomidor ko‘chat kerakligi, boshqa biriga kartoshka urug‘i lozimligi hisob-kitob qilinadi. Shundan so‘ng, tuman hokimlari oldida navbatdagi vazifa turadiki, u ham bo‘lsa, shaxsiy tomorqasiga ekin ekkan fuqaroning uyidan hosilni markazlashtirilgan holda olib ketib, hosilning pulini plastik kartochkasiga o‘tkazishni ta'minlashdir. Agar shunday tizim yo‘lga qo‘yilsa, odamlarda tomorqalaridan foydalanishda manfaatdorliklari oshadi, ularga dehqonchilik qilishlariga turtki bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:20 / 19.11.2024
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi uzoq kutilgan qonun imzolandi. Sohada nima o‘zgaradi?
16:04 / 01.11.2024
Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurdi
10:38 / 13.10.2024
Farg‘onada kredit ajratish evaziga fermerdan pul olgan bank filiali menejeri aniqlandi
13:41 / 02.10.2024