Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda parlamentning 5 deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qirg‘izistonda 2017 yil oltinchi chaqiriqdagi parlamentning besh deputati va ikki sudyaga nisbatan mamlakat JKning “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Shuningdek, korrupsiya bo‘yicha ishlarga prokuraturaning bir xodimi, vazirlik va idoralarning to‘rt rahbari jalb etilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi xizmati rahbari o‘rinbosari Tilak Cho‘kmorov xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda korrupsiya bo‘yicha hammasi bo‘lib 210 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 1 mlrd 448 mln somlik zarar yetkazilgan.
«210 ishdan 72 tasi xizmat mavqeini suiiste'mol qilish, 14 – pul talab qilish, 10 – bojxona va soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash holatlariga tegishli», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tilak Cho‘kmorov.
Uning ta'kidlashicha, korrupsiya bilan kurash kuchaytirilganiga qaramay, qirg‘izistonliklar hamon davlat xizmatchilarining qonunga zid harakatlariga duch kelishmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026