Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Saudi Binladin developerlik kompaniyasi ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi
Saudiya Arabistoni hukumati eng yirik milliy qurilish konglomerati Saudi Binladin Group ustidan ma'muriy nazoratni o‘z qo‘liga oldi hamda kompaniyaning ba'zi aktivlarini milliylashtirmoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Kompaniya rahbari Bakr bin Lodin va bin Lodin oilasining qolgan a'zolari hibsga olingandan keyin moliya vazirligi kompaniya faoliyatini kuzatish va uning yetkazib beruvchilari hamda pudratchilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish uchun 5 a'zodan, jumladan hukumatning 3 vakilidan iborat qo‘mitani shakllantirdi.
Kompaniyani moliyaviy nazoratga olishga urinishlar kompaniya kelgusida ham Saudiya Arabistonidagi qurilish loyihalarini ta'minlay olishiga qaratilgan.
O‘tgan yil noyabrda Saudiya Arabistonining korrupsiyaga qarshi kurashuvchi oliy qo‘mitasi 40 ga yaqin nufuzli shaxslarni hibsga olishga ko‘rsatma bergan.
Saudi Binladin Group Saudiya Arabistonining eng yirik xususiy qurilish kompaniyasi hisoblanib, 100 ming kishini ish o‘rni bilan ta'minlagan. Kompaniya qurilish sohasidagi inqiroz va 2015 yil haj vaqtida Al-Harom masjidiga qurilish krani qulashi bilan bog‘liq falokat sababli davlat qurilish shartnomalaridan mahrum qilingandan keyin oxirgi ikki yilda moliyaviy zarar ko‘rgan.
Kompaniya 1931 yilda xalqaro terrorchi Usoma bin Lodinning otasi Muhammad bin Lodin tomondan tashkil etilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026