Jamiyat | 17:05 / 12.01.2018
11379
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston sharqida zilzila yuz berdi

Tojikistonda bugun 5 ballik zilzila yuz berdi. Mamlakat Geofizika xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlari soat 8:40da qayd etilgan.

Zilzila markazi Dushanbe shahridan 110 kilometr sharqda va Rasht mintaqasidan 57 kilometrlik masofada joylashgan.

Zilzila markazida yer osti silkinishlari kuchi 5 ballni tashkil qildi, Dushanbe shahrida – 3 ball. Qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligi aytilmoqda.

Mavzuga oid