Jahon | 21:30 / 12.01.2018
5243
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp immigratsiya siyosatini tanqid qilish vaqtida qo‘pol so‘zlar ishlatganini rad etdi

Foto: The Independent

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh immigratsiya siyosatini tanqid qilishi vaqtida ba'zi davlatlardan keluvchi muhojirlar haqida qo‘pol so‘zlar aytmaganini ta'kidlamoqda. Tramp bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

“Men immigratsiya islohotiga bag‘ishlangan uchrashuvda qo‘llagan til keskin bo‘lgan. Biroq bu (Tramp aytgani ta'kidlanayotgan va Vashingtonda siyosiy mojaro keltirib chiqargan kamsitish – tahr.) men qo‘llagan til emas”, deb aytgan Tramp.  

Avvalroq AQSh OAVda ma'lum qilinganidek, Tramp AQSh kongressi a'zolari bilan uchrashuvda kam rivojlangan davlatlarni “qalang‘i-qasang‘i davlatlar” deb atagan. Oq uy matbuot xizmati Trampning bu so‘zlari bo‘yicha tushuntirish berishiga to‘g‘ri kelgan, biroq prezidentning aytgan so‘zlarini rad ham etmagan. 

 

 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid