Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Konstitutsiyaviy sudni ayblab chiqdi
Turkiya Konstitutsiyaviy sudi Zaman gazetasi jurnalistlari Shaxin Alpay va Mahmud Altanni qamoqdan ozod etish haqida qaror qabul qilib, o‘z vakolatlaridan chiqib ketdi. Bu haqda respublika bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ juma kuni ma'lum qilgan.
"Konstitutsiyaviy sud apellyatsiya sudi emas. Konstitutsiyaviy sud o‘ziga belgilab berilgan vakolatlardan chiqib ketdi", - deya Bo‘zdog‘ning so‘zlarini keltiradi NTV telekanali.
Turkiya Konstitutsiyaviy sudi payshanba kuni Alpay va Altanni ozod etish haqida qaror chiqardi, ular 2016 yilgi hodisalarda qatnashganlikda ayblanib hibsga olingan. Sud jurnalistlar murojaatini ko‘rib chiqdi va buzilgan huquqlar bilan bog‘liq holat tufayli ularni ozod etish haqida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
20:08
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026