Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy armiyamiz - yoshlarning matonat, sadoqat va mardlik maktabidir
13 yanvar kuni I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini Vatanimiz mustaqilligini saqlashdagi tutgan o‘rnini keng targ‘ibot qilish, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "14 yanvar Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab "Milliy armiyamiz - yoshlarning matonat, sadoqat va mardlik maktabidir" shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda litsey pedagogik jamoasi, o‘quvchi yoshlar va tadbirga taklif etilgan bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi tarixi, olib borilayotgan islohotlar, ulardan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, armiyaning yoshlarni o‘z Vataniga sodiq farzand qilib tarbiyalashdagi o‘rni, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Mazkur tadbirda Bektemir tumani Mudofaa ishlari bo‘limi, 23229 va 01283 sonli harbiy qism vakillari va Yashnobod tumani 161-maktab qoshidagi harbiy sport klubi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan zaxiradagi polkovnik Xarlamov Aleksandr Nikolayevich, zaxiradagi polkovnik Ismailov Djamoldin Ismailovich, zaxiradagi podpolkovnik Nasritdinov Xikmat Xakimovichlar hozirda Qurolli Kuchlarimizda o‘tkazilayotgan jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, olib borilayotgan islohotlar, ularning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni va Vatanimiz sarhadlarini saqlashdagi o‘rni haqida yig‘ilganlarga gapirib berishdi.

Shundan keyin litsey o‘quvchilari tomonidan Vatanimiz va Qurolli Kuchlarimiz to‘g‘risida she'rlar o‘qildi, kuy qo‘shiqlar yangradi va yig‘ilganlar e'tiboriga Qurolli Kuchlarimizni tashkil etilishi va hozirgi faoliyatiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi.
Mavzuga oid
11:55 / 11.07.2025
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
13:48 / 17.05.2023