Vazirlar Mahkamasi ommaviy tadbirlar ötkazişda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş çora-tadbirlarini kuçaytiriş töğrisidagi qarorni qabul qildi.

Qayd etilişiça, ayrim ommaviy tadbirlarni ötkaziş jarayonida iştirokçilar «jamoat xavfsizligiga va fuqarolar xavfsizligiga xavf soluvçi» xatti-harakatlarni köpaytirmoqda.

Qoidalarga kiritilgan özgartirişlar quyidagilarni nazarda tutadi:

ommaviy tadbirlarni ötkaziş obektini tanlaşda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş va yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, şuningdek, ularga tahdid soluvçi vaziyatlarda fuqarolarning evakuatsiyasini samarali taşkil qiliş uçun şaroitlar mavjudligini hisobga oliş;
tomoşabinlar va boşqa iştirokçilarni favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qiliş tartibi, yöllari va yönalişlari töğrisida xabardor qiliş;
obektga kiriş-çiqiş xavfsizligini, obektga boriş va kiriş joylarida avtomobillar harakatini çeklaydigan fizik tösiqlar örnatilişini ta’minlaş.

Endi zarurat bölganda, ommaviy tadbirlar ötkazilişini nazorat qiliş komissiyasi ommaviy tadbirni taşkil etiş va ötkaziş davrida muhandis-texnik kommunikatsiyalar xavfsiz işlaşini, energiya ta’minoti va yonğin xavfsizligini, yöl harakati xavfsizligi, iştirokçilarning evakuatsiya qilinişini va favqulodda vaziyatlarning oldi olinişini ta’minlaş guruhlarini taşkil etişi mumkin.

Işçi guruh nafaqat ob-havo şaroitiga qarab, balki xavfli tabiat hodisalari va texnogen avariyalarning yuzaga kelişi prognozlarini ham tekşirişi kerak.

Ommaviy tadbir taşkilotçisi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş çoralarini körişi, bunday tahdidlar mavjud bölganda esa fuqarolarni samarali evakuatsiya qiliş uçun şaroit yaratişi şart.

Ommaviy tadbirlar ötkaziladigan joy ma’muriyati vahima kötarilişi va evakuatsiyani qiyinlaştiruvçi boşqa xatti-harakatlar amalga oşirilişining (ötiş joylarida, eşiklar oldida, zinalarda va boşqa joylarda odamlarning töplanib qolişi) oldini olişga qaratilgan matn işlab çiqilişini hamda favqulodda vaziyatlarda xabar beriş tizimi orqali uzatib borilişini ta’minlaşi şart.