Hukumatning “Ommaviy tadbirlarni ötkazişda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş va jamoat tartibini saqlaş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston ayrim qarorlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan ommaviy tadbirlarni ötkazişga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş davomida jamoat xavfsizligini ta’minlaş va jamoat tartibini saqlaşni samarali taşkil etiş maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni ötkaziş qoidalarga bir qator özgartirişlar kiritilişi közda tutilmoqda.
Jumladan, ommaviy tadbir toifalarini:
- alohida (“Yangi yil”, “Navröz”, “Mustaqillik”, “Xotira va qadrlaş”, “Xalqaro bolalarni himoya qiliş”, “Ramazon Hayit”, “Qurbon Hayit”, “Rojdestvo”, “Pasxa” bayramlarini nişonlaşga doir tadbirlar, “Ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş”, “Umumta’lim maktablarida öquv yilining boşlanişi va tugaşiga bağişlangan”, “Saylov”, “Referendum” va “Xalqaro hamkorlik taşkilotiga a’zo davlat rahbarlari iştirokida ötkaziladigan”, futbol böyiça xalqaro miqyosidagi uçraşuvlar);
- birinçi (Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlari hududida ötkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbirlar);
- ikkinçi (alohida va birinçi toifadagi ommaviy tadbirlar toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbirlar) toifalarga ajratiş;
- alohida va ikkinçi toifalardagi tadbirlarni ötkazişda Içki işlar vazirligi va uning hududiy bölinmalari, birinçi toifadagi tadbirlarni ötkazişda Milliy gvardiya va uning hududiy bölinmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari va idoralar bilan hamkorlikda taşkillaştirişni amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş masalalari kompleks tusga egaligini, bir neça vazirlik va idoralarga taalluqliligini (ommaviy tadbir ötkaziş obektlarining muhandislik-texnik mustahkamligi, ularda kommunikatsiya, videokuzatuv, evakuatsiya, yonğinga qarşi va birinçi tibbiy yordam körsatiş tizimlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlaş) inobatga olib, loyihada faoliyati tugatilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar (şaharlar) hokimliklari huzuridagi ommaviy tadbirlar ötkazilişini nazorat qiliş komissiyalar faoliyati tegişli vakolatli içki işlar organi huzurida tiklanmoqda.
Xalqaro, umumdavlat ahamiyatiga ega, nufuzli yoki köplab iştirokçilari bölişi kutilayotgan ommaviy tadbirlarni (masalan, futbol böyiça ayrim uçraşuvlar) ötkazişda komissiya işçi guruhining faoliyati barça hollarda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi yoki fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlaşga tahdid soluvçi holatlar yuzaga kelişidan qat’i nazar, majburiy tartibda taşkil etilişi, işçi guruh faoliyati ommaviy tadbirning toifasiga boğliqligini inobatga olib, uning tarkibi tadbir toifasidan kelib çiqib (birinçi toifadagi tadbirlar işçi guruhiga Milliy gvardiya vakili) taşkil etilmoqda.













