Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Tramp bilan nimalarni muhokama qiladi?
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda o‘tkazadigan uchrashuvida Afg‘oniston, Suriya va Rossiya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanat Kushkumboyev "Kazinform" axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Gap AQSh bilan hamkorligimizni keng strategik sheriklik darajasiga olib chiqish haqida bormoqda. Qo‘shma Shtatlar – mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan buyon strategik hamkorimizdir", - degan Kushkumboyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini hal etishda hamkorlik qilib keladi. "Jumladan, Afg‘oniston masalasi ham muzokaralar markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, Suriya inqirozi, Rossiya bilan munosabatlar esa, AQShning Yevrosiyo strategiyasi nuqtainazaridan muhokama qilinadi", - degan institut rahbari o‘rinbosari.
Avval xabar berilganidek, 16-18 yanvar kunlari Qozog‘iston prezidenti N.Nazarboyevning AQShga rasmiy safari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026