“OLX”dagi e'lon jinoyat fosh etilishiga yordam berdi
Yangiyo‘l “Iqtisodiyot” kollejining talabasi o‘zi o‘g‘irlagan buyumlarni “OLX” saytida sotmoqchi bo‘ldi. Uning ayni shunday ehtiyotsizligi jinoyatning ochilishiga asos bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
2018 yil 4 yanvar kuni Yangiyo‘l shahar IIBga fuqaro U.A. murojaat qilib, noma'lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, narxi taxminan 3 mln so‘m bo‘lgan 1 dona “NR” rusumli noutbuki, narxi 600 AQSh dollari bo‘lgan 1 dona “Sanon” rusumli fotoapparati va narxi 60 AQSh dollari bo‘lgan 1 dona kompyuter qo‘shimcha xotira manbaini o‘g‘irlaganini ma'lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zR JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi U.A. va dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazayotgan tergovchi E.Bayrbekovning e'tibori “OLX” saytida Yangiyo‘l shahrida yashovchi shaxs tomonidan ishlatilgan noutbuk sotilishi ma'lum qilingan e'longa qaratildi.
Shundan so‘ng, tergovchi tashabbusni qo‘lga olib, xaridor sifatida saytda berilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, noutbukni sotib olishni ma'lum qilgan, sotuvchi noutbuk bilan kelgan vaqtda tergovchi tomonidan so‘roqqa taklif etilgan. Sotuvchi turli xil bahonalar bilan noutbukni aynan qayerdan va kimdan olganligi xaqida aniq ma'lumot bermagani tergovchida unga nisbatan shubha uyg‘otgan. IIB xodimi noutbukni tanib olish uchun ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olgan.
Ushbu noutbuk jabrlanuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatilganda, jabrlanuvchi tomonidan noutbuk tanib olingan va shundan so‘ng “sotuvchi”, Yangiyo‘l shahrida yashovchi, “Iqtisodiyot” kasb-xunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi E.R. aybiga iqror bo‘lib, o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan boshqa buyumlarni ham tergovga taqdim etgan.
Mavzuga oid
16:18 / 15.11.2024
Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi
10:00 / 08.10.2024
Yangiyo‘lda qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024