13:50 / 13.01.2018
9016

«Real» Messi xizmatiga bo‘lgan qiziqishni inkor qildi

Foto: Getty Images

Germaniyaning Spiegel jurnali, 2013 yil iyun oyida «Real» Messini xarid qilmoqchi bo‘lgani haqidagi xabarni e'lon qildi.

Nemis nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» «Tottenhem»dan Garet Beylni sotib olishdan oldin, «Barselona» hujumchisi Lionel Messining 250 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lab, uning transferini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Madrid klubi argentinalikka yiliga 23 million yevro miqdoridagi «toza» maosh va 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma, uning otasiga 1 million yevro bonus taklif qilgan.

Agar bitim amalga oshganida, dunyo futbolida rekord o‘rnatgan bo‘lardi.

Marca xabariga ko‘ra, madridliklar bu xabarni inkor qilmoqda: «Bu xabar uydirmadan boshqa narsa emas va haqiqatdan yiroqdir».

Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda «Barselona» bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 700 mln yevroga oshirildi.

Top