Jahon | 20:49 / 13.01.2018
11744
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp tarafdorlari London meriga xalaqit qilishdi

AQSh prezidenti Donald Trampning bir guruh tarafdorlari 13 yanvarda London meri Sodiq Xonning chiqishiga to‘sqinlik qilishdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.  

Mer nutq so‘zlayotgan zalga Tramp tarafdorlari yopirilib kirib, Tramp himoyasiga va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar hayriya boshlashgan. Shuningdek, Xonni hibsga olishga chaqiriqlar yangragan. Aktsiya ishtirokchilari hibsga olinganlar. 

Tramp tarafdorlarining norozilik bildirishiga Xonning AQSh prezidentining Londondagi elchixona ochilishiga kelmaslik qaroriga munosabati sabab bo‘lgan.  

Xon Trampning Londonga kelmaslik qarorini ma'qullashini aytgan. “Uning keyingi oyga rejalashtirilgan tashrifi shubhasiz ommaviy noroziliklarga olib keladi”, deb aytgan London meri.

Mavzuga oid