Amerikaning Spark kompaniyasi 850 ming dollar evaziga ko‘z nurini qaytarmoqda
«Luksturna» deb atalayotgan yangi preparat ko‘zi ojizlarga ko‘z nurini qaytarib berishi mumkinligi aytilmoqda. Bunda maxsus virus bilan bemorning ko‘ziga yangi genlar kiritiladi. Yangi dorini ishlab chiqaruvchi Spark Therapeutics kompaniyasi tibbiyot mo‘'jizasining narxini ham e'lon qildi: bir ko‘z uchun uning narxi 425 ming AQSh dollari, bemorlarning ko‘pchiligi uchun umumiy summa 850 ming dollarga tushadi, deb yozadi forbes.ru.
Ajablanarlisi shundaki, ekspertlar narx yanada balandroq bo‘lishini taxmin qilishgan edi. Dekabr oyida Jefferies investitsion banki uning narxini kamida 1 mln dollar bo‘lishini taxmin qilgan edi. E'lon qilingan ulgurji narxga hali chegirma qo‘llaniladi va preparat uchun bemorlar emas, ko‘proq sug‘urtachilar va davlat idoralari pul o‘tkazishadi.
«Luksturna» ko‘rlikning turli ko‘rinishlari davolay oladi, jumladan, ota-onadan o‘tgan genlarning mutatsiyaga uchrashi natijasida paydo bo‘lganlarini ham. Birgina AQShning o‘zida bunday bemorlar soni 1000 dan ortiq, ularning soni yiliga 10-20 taga ortib bormoqda.
Juda kamyob kasalliklarga shifo beruvchi dorilar bozori o‘lchovi bilan olinganda, yangi preparatning narxi o‘ziga yarasha. Gemofiliyaning juda nodir turlarida — qachonki organizm preparatga nisbatan qonni ivishiga qarshi antitanachalar ishlab chiqqanda davolash xarajatlari yiliga 1 million dollarga yetishi mumkin.
Express Scripts dan ekspert Stiv Miller garchi preperatning narxi o‘ziga monand deb hisoblayotgan bo‘lsa-da, kelgusida gen terapiyasi arzonlashib borishidan umid qilmoqda: «Preparat narxi tushsa patsiyentlarning yanada kengroq doirasi shifo topish imkoniyatiga ega bo‘ladi», degan u.
Mavzuga oid
07:35 / 14.11.2024
Minor masjidi qarshisida Spark va Captiva to‘qnashdi
08:50 / 24.09.2024
Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
10:34 / 23.09.2024
Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi
07:55 / 20.07.2024