Jamiyat | 09:08 / 27.03.2025
4485
1 daqiqa o‘qiladi

Yangihayot tumanida Spark, Nexia-3 va Malibu-2 to‘qnashdi

YTHda jarohatlanganlarga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Joriy yilning 25 mart kuni soat 22:50 larda Yangihayot tumani Mehrigiyo ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Spark, Nexia-3 va Malibu-2 rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi sababli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida jarohatlanganlarga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid