Özbekistonlik Mirfayoz Mirboboyev Spark maşinasida Toşkentdan Yevropagaça minglab kilometr masofani bosib ötdi. U öz safarini Instagram’dagi akkauntida yoritib bormoqda.

Mirboboyev maşinasida Qozoğiston va Rossiyadan ötib, Yevropaning 15 ta mamlakatiga sayohat qiliş niyatida ekanini aytgan.

U Yevropaga yetib borib, bir neça mamlakatni kezib çiqişga ulgurdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqqa joylagan videolarida sayohatçi-bloger Latviya, Estoniya va Finlandiyani aylanib çiqqanini körsatdi. Ta’kidlanişiça, Toşkentdan Finlandiyagaça bölgan masofa unga atigi 600 dollarga tuşgan.

Hozirda Mirboboyev Norvegiyaga yetib borgan.

Uzoq masofaga piyoda yoki bitta transportda safar qiliş özbekistonlik blogerlar orasida trendga aylanmoqda. Uşbu trend 2024 yilda Instagram’da Why Shoha nomi ostida faoliyat yuritadigan yigitning Andijondan Qoraqalpoğistonga piyoda safaridan söng keng ommalaşdi. Bloger Nukusgaça bölgan masofani 52 kunda bosib ötganini aytgan.