YHXB ma’lum qilişiça, holat 30 mart kuni Andijon tumani Örikzor mahallasidan ötgan avtomobil yölida sodir bölgan.
1989 yilda tuğilgan haydovçi özining Spark rusumli avtomobilini boşqarib ketayotganda dastlab rul boşqaruvini yöqotib, svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan yana bir Spark avtomobilining orqa qismiga urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Biroq haydovçi voqea joyidan ketib qolgan. Jabrlanuvçi holat yuzasidan içki işlar bölimi xodimlariga murojaat qilgan.
Murojaatga asosan YPX xodimlari Spark avtomobilini töxtatiş uçun harakat qilişgan. Ammo haydovçi töxtatiş işorasiga qaramasdan, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmagan va YPX xodimini urib yuborib, harakatlanişda davom etgan.
Spark rusumli avtomobil haydovçisi mast holatda bölgan va hozirda haydovçilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga taqdim etilgan.

















