Artel korxonasi O‘zbekiston fuqarolarini Vatan Himoyachilari Kuni bilan tabriklaydi
Vatan – bu tug‘ilib o‘sgan yerimiz, o‘zimizni tanib, ulg‘aygan, ilm olgan, mehr-muhabbat va hikmatni tanigan maskanimizdir. Bu bizning va yaqinlarimizning hayotiga ma'no baxsh etadigan yer, ajdodlarimizdan qolgan meros va aziz xotiradir. Har birimiz uchun Vatan ravnaqi ulug‘ saodat va eng katta ne'mat, uning taraqqiyoti va tinch-totuvligi esa har bir fuqaro uchun ulkan baxt.
Artel Korxonasi Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan va xizmat qilayotgan harbiylar hamda yurtimizning har bir o‘g‘lonini Vatan Himoyachilari Kuni bilan chin dildan tabriklaydi. O‘z yurtini himoya qilish va uning taraqqiyotida faol qatnashish har bir erkak kishi uchun shon-sharaf va muqaddas farzdir! Hurmatli harbiylar, aynan Siz tufayli O‘zbekistonimiz osmoni musaffo, yurtimiz esa tinch va totuv. Yurtimizda Sizdek o‘g‘lonlarimiz borligi tufayligina mamlakatimiz mustaqil, hududimiz esa yaxlitdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, oliy Bosh qo‘mondonimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: “Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, xaqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan yeng katta yutug‘imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e'tirof yetmoqda. Hozirgi kunda onalar o‘z farzandlarini armiyaga ko‘zda yosh, yurakda xavotir bilan emas, balki mening o‘g‘lim haqiqiy Vatan Himoyachisi bo‘ladi, deb, yuksak ishonch va faxr tuyg‘usi bilan kuzatmoqda”.
Hurmatli yurtdoshlar, shunday qutlug‘ ayyomda Artel korxonasi Barchangizga sog‘liq, oilalaringizga baxt-u saodat, tinchlik-totuvlik, ishlaringizga esa omad tilaydi. Yurtimiz tinch, osmonimiz esa doimo musaffo bo‘lsin!
Artel Facebook
Artel Instagram
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022