Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» va «Valensiya» o‘z o‘yinlarida g‘alabaga erishdi (La Liga turnir jadvali)
«Atletiko» Ispaniya chempionatining 19-turida «Eybar»ga qarshi o‘ynadi. Eybardagi «Munisipal de Ipurua» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol 27-daqiqada fransiyalik hujumchi Kevin Gameyro tomonidan urildi. Unga golli pasni vatandoshi Antuan Grizmann yetkazib bergandi.
Endilikda «Atletiko» ochkolari sonini 42taga yetkazdi va Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashdi. «Eybar» 27 ochkosi bilan yettinchi pog‘onada joylashgan.
«Valensiya» bu turda «Deportivo»ni yengdi. La-Korunyadagi «Riasor» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 37-daqiqasida Gonsalu Guedesh hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Rodrigo «Valensiya»ning ustunligini oshirdi. O‘yin oxirida Florin Andone bitta javob goli yo‘lladi.
Bu natijadan keyin «Valensiya» 40 ochko bilan Primera turnir jadvalida uchinchi o‘rinda va to‘rtinchi o‘rindagi «Real» 8 ochkoga ortda qoldirilgan. («Barselona» hozircha 19-tur uchrashuvini o‘tkazmadi va «Valensiya»dan 8 ochko oldinda bormoqda). «Deportivo» 16 ochko bilan 17-o‘rinda.
Ispaniya chempionati
19-tur
Eybar – Atletiko 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 27 Gameyro.
Eybar – Dmitrovich, Kapa, Paulu Oliveyra, Ramis, Xose Anxel, Ivan Alexo (Orelyana, 46), Jordan (Diop, 73), Dani Garsiya, Inui, Sharles (Kike, 64), Enrik.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Ferreyra Karrasko, 54), Parti, Saul, Koke, Gameyro (Fernandes, 69), Grizmann (Torres, 76).
Ogohlantirishlar: Ivan Alexo (10), Ramis (33), Godin (73).
Deportivo – Valensiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 37 Gonsalu Gedesh, 0:2 – 64 Rodrigo, 1:2 – 88 Andone.
Deportivo – Martines, Xuanfran, Albentosa, Sidney, Luizinyu, Borxes (Cholak, 52), Gilerme, Moskera (Valverde, 70), Peres, Andone, Adrian.
Valensiya – Neto, Ruben Vezu, Garay, Gabriel, Gayya, Maksimovich, Koklen (Montoyya, 83), Parexo, Gonsalu Gedesh, Santi Mina (Vetto, 74), Rodrigo (Dzadza, 81).
Ogohlantirishlar: Moskera (47), Parexo (63), Gayya (90).