Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron hukumati Telegram va Instagram'ni qaytardi
Foto: Kun.uz
Eron hukumati mamlakatda Telegram messenjeridan foydalanishga taqiqlovni bekor qildi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Gap shundaki, dekabr oyi oxirida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avjiga chiqqan pallada hukumat ushbu messenjer faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan edi. Tehronda muxolifat o‘z tarafdorlarini to‘plashda aynan Telegram va Instagram'dan foydalangani gumon qilindi. Telegram rahbariyati dastlab kanalni bloklashga rozilik berdi, biroq undan keyingi hamkorlikdan bosh tortdi va bu blokirovkaga olib keldi.
Instagram'ga kirish imkoni esa oy boshida - norozilik namoyishlari kamaya boshlagandan so‘ng qaytarilgan.
Manbada ma'lum qilinishicha, Eronda taxminan 40 million kishi Telegram'dan foydalanadi. Ularning aksariyati messenjerdan foydalanishda turli anonimayzerlarni qo‘llaydi.
Norozilik aksiyalari natijasida Eronning turli mintaqalarida 22 kishi halok bo‘lgan. Mamlakat hukumatining ta'kidlashicha, namoyishlar ortida xorijiy tashkilotlar turgan.
Mavzuga oid
22:40
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
18:35
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
15:10
CBS: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning ikki esminetsiga hujum qildi
13:42