Jahon | 21:40 / 14.01.2018
10480
2 daqiqa o‘qiladi

Falastin yetakchisi AQShning Al-Quds bo‘yicha qarori yuzasidan “muhim nutq” so‘zlaydi

EPA-EFE/ATEF SAFADI

Falastin yetakchisi Mahmud Abbos 14 yanvar kechki payt Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOQT) markaziy kengashining Ramallohdagi favqulodda yig‘ilishida “muhim nutq” bilan chiqadi. Bu haqda WAFA agentligiga Falastin milliy kengashi raisi Salim Za'nun ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, Abbos o‘z nutqida “AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi va Donald Tramp ma'muriyati tomondan qabul qilingan va falastinliklar taqdiriga ta'sir qiluvchi boshqa qadamlarga oxirgi javobini ifodalaydi”. Za'nunning ma'lum qilishicha, yig‘ilishda markaziy kengashning 114 a'zosidan 90 nafari, jamoat tashkilotlaridan 160 kuzatuvchi ishtirok etadi.

FOQT xalqaro hamjamiyat tomondan falastin xalqining yagona qonuniy vakili deb tan olingan. Yig‘ilish “Al-Quds – Falastinning abadiy poytaxti” shiori ostida o‘tadi.

“Falastinliklar ularning milliy birdamlikni mustahkamlash huquqlariga AQSh-Isroil tajovuziga javob beradilar va ixtilofni tartibga solishning ularga suqishtirilmoqchi bo‘lgan ziyon keltiruvchi variantlari nomaqbulligini aytadilar”, deb ta'kidlab o‘tgan Za'nun.  

“Falastin” telekanali manbalariga ko‘ra, FOQT rahbariyati Isroildan “Falastin davlatini tan olishni” talab qiladi. Aks holda falastinliklar 1988 yilda Jazoirda qabul qilingan, Isroilning tan olinishi haqidagi Falastin milliy kengashining qarorini muzlatib qo‘yish bilan tahdid qilishmoqda. 

13 yanvarda FOQT ijroiya qo‘mitasi “poytaxti Sharqiy Al-Quds bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish uchun BMT shiori ostida xalqaro anjuman o‘tkazish”ga chaqirdi. 

Mavzuga oid