15:15 / 15.01.2018
16281

2018 yil O‘zbekistonda: 2000ta ijtimoiy dorixonalar va «aqlli tibbiyot»​

Foto: KUN.UZ

15 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalar va g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash yili» Davlat dasturidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, 2018 yilda 2000ga yaqin ijtimoiy dorixonalar ishga tushiriladi. Ijtimoiy dorixonaning asosiy vazifasi tumanlardagi aholiga dorilarni sifatli va hamyonbop, xususiy dorixonalardan ancha past narxlarda taqdim etishdan iborat bo‘ladi.

«Ushbu ijtimoiy dorixonalar haqiqiy talabga mos ravishda faoliyat yuritishi, o‘rnatilgan tartibda aholiga arzon dori-darmon vositalarini yetkazib berish nazarda tutiladi. Bu borasida dorixonalarni ishlash mexanizmi, tartib va qoidalar mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilmoqda», deb ta'kidlab o‘tdi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova.

Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy yildan «aqlli tibbiyot» konseptsiyasini amalda qo‘llashga o‘tishini bildirdi.

«​​Axborot texnologiyalari orqali aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirganmiz. Eng avvalo, ijtimoiy kasalliklarni elektron ro‘yxatini shakllantirish, jumladan onkologik, endikrinologik kasalliklarni davolash uchun ajratiladigan mablag‘larning umumiy qiymatini aniq belgilash uchun «​aqlli tibbiyot»​ konseptsiyasini joriy etish zarur»​, deb qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

Elmira Basitxanovaning ta'kidlashicha, bugungi kungacha qo‘lda yozilgan hisobot va ma'lumotlarda xatolar uchrab turadi. Tashkil etilayotgan elektron ro‘yxat orqali esa kasalliklarni davolashga, tibbiy muolajalar uchun qancha mablag‘ sarf bo‘lishi aniqlanadi. Bundan tashqari, shifokor qabuliga yozilishda ham elektron navbat tartibi joriy qilinadi.

Top