Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
35 kishi. Iroqdagi portlashlar qurbonlari soni oshmoqda
Iroq poytaxti Bag‘dodda xudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan ikkita portlash natijasida kamida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Hodisa shahar markazidagi al-Tayaron maydonida yuz bergan. Bu joy shahardagi eng gavjum yerlardan biri hisoblanadi, sababi bunda ish topishni maqsad qilgan quruvchilar yig‘iladi. 90 dan ortiq kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Iroq IIVning xabar berishicha, hujum ikki nafar xudkush erkak tomonidan amalga oshirilgan. Bu Iroqda so‘nggi uch kun ichidagi ikkinchi teraktdir.
Bag‘dodda portlashlar sodir bo‘ldi
13 yanvar kuni xudkush terrorchi poytaxtning shimoliy qismidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi, natijada besh inson halok bo‘ldi. Hukumatning taxminicha, zo‘ravonlik holatlari ko‘payganiga may oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan parlamentlik saylovlari muddati yaqinlashayotgani sababdir.
Mavzuga oid
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
12:24 / 10.06.2026