Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kia 5 metrlik krossoverini ommaviy ishlab chiqarmoqchi
Foto: Kia
Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi 2016 yilda taqdim qilgan, 5 metrlik Telluride krossoverini ommaviy ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda kompaniya vakili Piter Shrayyerga iqtibos keltirgan holda Avstraliyaning Go Auto nashri xabar bermoqda.
Kompaniya krossoverning seriyali versiyasi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.
Krossoverning prototipi uzunligi 5001 mm.ni, eni 2029 mm.ni, balandligi esa 1800 mm.ni tashkil qiladi. Uchta o‘rindiqlar qatoriga ega kontsept-kar Sorento platformasida qurilgan.
Prototip gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Uning tarkibiga 270 ot kuchiga ega 6 silindrli benzin dvigateli va 130 ot kuchiga ega elektr motor kirgan. Ikki dvigatelning umumiy quvvati 400 ot kuchini tashkil qiladi. Mashina raqamli asboblar paneli, eshiklarga o‘rnatilgan ekranlar, yo‘lovchilar holatini kuzatish tizimi bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
19:00 / 16.02.2026
Kia 2025 yil natijalarini sarhisob qildi va O‘zbekistonda 2026 yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini belgilab berdi
15:00 / 10.02.2026
Kia futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati o‘yinlariga 9 ta yo‘llanmani o‘ynamoqda
11:00 / 03.02.2026
Katta futbol bolalikdagi orzudan boshlanadi. Kia bilan birgalikda - Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga
17:00 / 29.01.2026