Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM qoshida 7ta ilmiy-tadqiqot markazi ishga tushadi
2018 yil O‘zbekistonda AQShning Vebster universiteti hamda Olmaliq shahrida Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar instituti ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov «Taraqqiyot strategiyasi» markazida tashkil etilgan matbuot brifingida bildirib o‘tdi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda respublika hududida faoliyat olib borayotgan oliy ta'lim muassasalari soni 82taga yetgan, ulardan 7tasi xorijiy mamlakat oliygohlarining Toshkent shahridagi filiali hisoblanadi.
«Bundan tashqari mahalliy 15ta OTMning joylarda filiallari ham ilm istagida bo‘lgan yoshlar uchun xizmat qilmoqda. Shuningdek, 2017 yilda bir qator xorijiy oliygoh vakillari bilan kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda», deydi vazir o‘rinbosari Begimqulov.
Uzoqboy Begimqulovning ta'kidlashicha, kelgusida ikki yilda davomida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalari qoshida 7ta ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etiladi. Ularning ilk ikkitasi joriy yilning o‘zida ishga tushishi belgilangan.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ilmiy-tadqiqot markazlari turli sohada ilm olayotgan yoshlarni amaliyot bilan bilimlarini to‘ldirib borishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi
00:18 / 16.11.2020