15 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalar va ğoyalarni qöllab quvvatlaş yili» Davlat dasturidan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlari böyiça belgilangan çora-tadbirlar muhokamasiga bağişlangan matbuot brifingi bölib ötdi.

Unda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxanova «2018 yilda ijtimoiy ahamiyatga molik ikkita yirik qonun: «​Nogironligi bölgan şaxslar töğrisida»gi qonun hamda «Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlaş töğrisida»​gi qonun qabul qilinişi» belgilanganini ma'lum qildi.

«Ötgan davri içida Prezident Virtual qabulxonasiga nogironlar masalasida kelib tuşgan 5000dan ortiq murojaatlarni örganib çiqib, nogironlikni aniqlaşda har yili qayta tibbiy ekspertiza mezonlari va amaliyoti köpçilikka qiyinçilik tuğdirişini aniqladik. Negaki, bitta qöli yöq odam har yili haqiqatan qöli yöq ekanini qayta belgilatişi, şuningdek, tibbiy ekspertizadan ötişi talab etilardi», deb ta'kidlab ötdi vazir örinbosari.

Elmira Basitxanovaning sözlari yuqorida ta'kidlangan holatlarni inobatga olib, bunday tartibga tegişli özgartiriş kiritiş rejalaştirilgan. Şuningdek, nogironligi bölgan şaxslarga xizmat körsatiş tartibini takomillaştiriş, ularni zamonaviy protez-ortopedik moslamalar bilan ta'minlaş çoralarini qayta körib çiqiş haqida ham söz yuritildi.

«Virtual qabulxona orqali kelib tuşgan 2000dan murojaat nogironligi bölgan şaxslarni zamonaviy protez-ortopedik moslamalari bilan ta'minlaşni sörab yuborilgan. Ayni şu masalada mutaxassislar bilan kelişib, yangi qonun loyihasida uşbu işlarni tartibga soliş böyiça alohida takliflar örganilmoqda. Yana bir masala borki, yeçimi uzoq paytgaça topilmay qolgandi: eşitişi zaif bölib tuğilgan bolalarni koxlear implant moslamasi bilan ta'minlaş. Bu borada mamlakatimizda tajribali mutaxassis şifokorlar faoliyat olib boradi, ammo masalaning yeçimi borib mablağga taqaladi. Şunday qilib, joriy yil hisobidan tuğma eşitiş zaifligi aniqlangan bolalarga koxlear implant moslamalarini örnatiş uçun 29 milliard söm yoki 3,3 million AQŞ dollari ajratildi», deb qöşimça qildi u.