Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Juda xavfli». Saakashvili Poroshenkoning FXX bilan ehtimoliy aloqalari haqida izoh berdi
Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko go‘yoki Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga murojaat bilan chiqqani haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
«Men dastxatni tekshiradigan grafolog emasman. Biroq, Poroshenkoning prezidentligi hozirgi bosqichdayoq mamlakat uchun juda xavfli, deb hisoblayman. U FXX bilan hamkorlik haqidagi rasmiy hujjatni e'tiborsiz qoldirgani va uni yo‘qotishga urinmagani, shu darajada ahmoq ekaniga ishonmayman», - deya yozdi Saakashvili Facebook’dagi sahifasida.
Avvalroq, Gruziyaning «Rustavi 2» telekanali go‘yoki Poroshenkoga tegishli bo‘lgan bayonotni e'lon qildi, unda u Rossiyaga qarshi faoliyat bilan shug‘ullanmaslik hamda amaldagi qonunchilikka rioya etish haqida va'da bergan.
Ukraina prezidenti ma'muriyatida OAV tomonidan e'lon qilingan hujjatlarni «past sifatli soxta narsa va feyk» deb atashdi.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
20:13 / 24.06.2026