2017 yilda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori qancha bo‘lgani aytildi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,453 mln so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 12,3 %ga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi eng yuqori moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 2,694 mln so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 85,4%ga ko‘p), axborot va aloqada 2,498 mln so‘mni (71,9%), sanoatda 2,091 mln so‘mni (43,9%), tashish va saqlashda 1,945 mln so‘mni (33,9%), qurilishda 1,808 mln so‘mni (24,4%) tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 2016 yilga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining yuqori o‘sish sur'atlari moliyaviy va sug‘urta faoliyatida (25,9%), axborot va aloqada (22,3%), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda (13,3%) kuzatildi.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1,986 mln so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7%), Navoiy viloyatida 1,926 mln so‘mni (132,6%) va Toshkent viloyatida 1,559 mln so‘mni (107,3%) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1,140 mln so‘mni (78,5%), Samarqand viloyatida 1,157 mln so‘mni (79,6%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xodimlar soni va ularga hisoblangan ish haqi fondining
salmoqli hissasi: ta'limda 19 034 ta muassasada 982,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,1%ni) xodimlar ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 13 671,6 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 30,4%ni); sanoatda 619 ta korxonada 479,6 ming nafar (18,6%ni) xodimlar ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 12 038,4 mlrd. so‘mni (26,7%ni); sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 1 420 ta muassasada 420,4 ming nafar (16,3%ni) xodimlar ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 948,2 mlrd. so‘mni (11,0%ni) tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024