Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin elchixonalarini Al-Qudsga ko‘chiradigan davlatlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi
Falastinni ozod qilish tashkiloti markaziy kengashi arab davlatlarini Isroildagi elchixonalarini Al-Qudsga ko‘chiradigan davlatlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.
Birinchi bo‘lib bunday qarorni AQSh qabul qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp falastinliklar Al-Qudsning sharqiy qismiga da'vo qilishlariga qaramasdan, qadimiy shaharni Isroil poytaxti deb tan oldi.
“Arab davlatlaridan Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chiradigan istalgan davlat bilan diplomatik aloqalarni uzish talab qilinsin”, degan qarorga kelingan Falastinni ozod qilish tashkiloti markaziy kengashining yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra. Bu qaror teleefirda o‘qib eshittirilgan.
Ayni vaqtda AQShdan keyin elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishini ma'lum qilgan yagona davlat Hvatemala bo‘lmoqda. Isroilliklarning aytishicha, ular bu borada o‘ndan ko‘proq davlat bilan muzokara olib bormoqdalar.
Isroil Al-Qudsni uning Iordaniyadan tortib olingan sharqiy hududlari va tarixiy markazi bilan birga “yagona va ajralmas” poytaxti deb ataydi. AQShdan boshqa davlatlar Al-Qudsning bu hududlarining Isroil tomondan qo‘shib olinishini tan olmaydi va shaharning maqomini Yaqin Sharq ixtilofidagi eng dolzarb muammolardan deb hisoblaydi. BMTning 1947 yildagi 181-rezolyutsiyasiga ko‘ra, Al-Quds BMT boshqaruvidagi maxsus rejimga ega “alohida hudud” deb ifodalanadi. BMT Xavfsizlik kengashining 1980 yildagi 478-rezolyutsiyasi “Isroilni butun Al-Qudsning poytaxt deb qabul qilinishi qonunini qabul qilganlik uchun qoralaydi va davlatlarni o‘z diplomatik missiyalarini ushbu shahardan olib chiqishga chaqiradi”.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026