Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari faqat tovar-xom ashyo birjalari orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvarda «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Farmon matniga ko‘ra, 2018 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinmoqda.
Shuningdek, 2018 yil 1 fevraldan boshlab quyidagi choralar belgilab qo‘yilmoqda:
- ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turlarini Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan import qilish istisno hollarda va faqat tovar-xom ashyo birjalari, jumladan, xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi;
- oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va xarajatlari to‘g‘risidagi batafsil axborot har oy O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e'lon qilib boriladi;
- birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident – yuridik shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026