O‘zbekiston | 10:53 / 16.01.2018
26778
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada is gazidan halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: FVV

Rossiya Federatsiyasida is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlari olib kelindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 11 yanvar kuni Ryazan oblasti, Ryajsk tumani, Sheremetevo ko‘chasi 31-uyda 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari is gazidan zaharlangan. Shulardan 4 nafari voqea joyida vafot etgan, 1 nafari og‘ir ahvolda Ryajsk tumanining markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

13 yanvar kuni soat 08:10da 2 nafar fuqaroning jasadi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan Andijon shahri xalqaro aeroportiga olib kelinib, 08:45da Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlariga viloyat hokimligi, FVB, IIB, SSB, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hokimliklari vakillari hamda vafot etganlarning qarindoshlari kuzatuvida manzillarga olib borilib, soat 12:00da dafn etilgan.

14 yanvar kuni soat 00:50da 1 nafar fuqaroning jasadi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan Termiz shahri xalqaro aeroportiga olib kelinib, 01:45da viloyat FVB, IIB, SSB, Denov tumani hokimligi hamda vafot etganning qarindoshlari kuzatuvida manziliga olib borilib, soat 09:00da dafn etilgan.

14 yanvar kuni soat 20:55da 1 nafar fuqaroning jasadi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan Buxoro xalqaro aeroportiga olib kelinib, 21:35da Navoiy viloyati FVB, IIB, SSB, Navbahor tumani hokimligi hamda vafot etganning qarindoshlari kuzatuvida manziliga olib borildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid