Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Shimol bilan urush holatiga Janubdan yaponlarni evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda – OAV
Foto: Reuters
Tokioda Shimoliy Koreya bilan urush sodir bo‘lgudek bo‘lsa, Janubiy Koreya hududidan Yaponiya fuqarolarini evakuatsiya qilish rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Yaponiya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Yomiuru nashri xabar bermoqda.
Nashr manbalarining ma'lum qilishicha, bunday vaziyatda aeroportlardan foydalanishning iloji bo‘lmasa, yaponlar Janubiy Koreya janubidagi Pusan portiga shoshilinch evakuatsiya qilinadilar. U yerda Yaponiya va AQSh kemalari yaponlarni Pusandan 50 km uzoqlikda joylashgan, Yaponiyaning Nagasaki prefekturasidagi Tsusima oroliga olib boradilar. U yerda odamlar maxsus jihozlangan lagerlarda 1-2 kunga joylashtiriladilar. So‘ngra yapon kemalari odamlarni Fukuoka prefekturasidagi Kyusyu oroliga yetkazadi.
Yaponiya hukumatida ta'kidlanishicha, Tokio Janubiy Koreyadagi AQSh fuqarolarini ham evakuatsiya qilishga tayyor. Hozir hukumatdagi amaldorlar Tsusimaga tashrif buyurib, orolda qancha odamni joylash mumkinligini baholashmoqda. Tokio, shuningdek, orolda evakuatsiya uchun zarur infratuzilmani barpo etishga tayyor.
Dekabr oxirida Yaponiyaning milliy xavfsizlik kengashi Koreya yarimorolida urush boshlanishining 4 ssenariysini ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘lgandi. Ular qatoridan Janub va Shimolning tasodifiy harbiy ixtilofga borishi, AQShning Shimoliy Koreyaga ogohlantiruvchi zarba berishi, Shimol qo‘shinlarining Janub hududiga bostirib kirishi va Pxenyanning Tokioga raketa zarbasi berishi ssenariylari o‘rin olgan.
Shimoliy Koreya dekabr oxirida harbiy qudratini yanada oshirib borishini va yadroviy dasturini rivojlantirishini ma'lum qilgandi. Shimoliy Koreya hukumatining ta'kidlashicha, bu AQSh va uning ittifoqdoshlari tomondan yadroviy tahdid va qo‘rqitish bas qilinmaguncha davom etadi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025