O‘zbekiston | 16:02 / 16.01.2018
17828
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroportidagi taksichilar bilan bog‘liq vaziyat tartibga keltiriladi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelayotgan sayyohlarga qulaylik yaratish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga tayangan holda xabar berdi.

A.Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, aeroport yaqinida «navbatchilik» olib boruvchi taksichilar haqida ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushgan. Shuningdek, «Xavfsiz turizm» konsepsiyasida aeroport yaqinida tilanchilik bilan kun ko‘ruvchilarning bo‘lmasligi ham nazorat ostiga olinishi ma'lum qilindi.

«Aeroport ma'muriyati bilan bu masala bo‘yicha bitim imzoladik. Yaqin vaqt ichida u yerda tartib o‘rnatiladi», - dedi A.Abduhakimov.

Uning alohida qayd etishicha, hozirda aeroportlarda sayyohlik sanoatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi narsalar deyarli yo‘q. Bu vaziyatni yanada yaxshilash  ustida ishlar olib borilayotgani ta'kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid