Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«BBC o‘rniga NHL - «Real» katta o‘zgarishlar arafasida»
«Real» prezidenti Florentino Peres, BBC hujumchilar uchligi - Karim Benzema, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu o‘yinidan xafsalasi pir bo‘lgan.
Marca xabariga ko‘ra, mulozim transfer bozorini portlatib, bu futbolchilar o‘rniga «PSJ», «Chelsi» va «Bavariya» yetakchilari - Neymar, Eden Azar va Robert Levandovskini xarid qilgan holda, NHL uchligini tashkil qilmoqchi.
Ma'lumki, bu futbolchilar joriy mavsumda 50ta gol urib, 24ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Peresning asosiy transfer maqsadi braziliyalik Neymar bo‘lib turibdi. U 2018 yil yozidayoq «Santyago Bernabeu»ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Mavzuga oid
00:53
Ronaldu JCh-2026 faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati ekanligini aytdi
12:17 / 03.07.2026
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026