JÇ kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modriçda alamli yakun
|17:17 / 03.07.202613 97212 min
Kriştianu 20 yil içida ilk bor jahon çempionati pley-off bosqiçlarida gol urdi, ammo Portugaliya şu kuni turnirni tark etişi ham mumkin edi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda avvaliga portugallar ğalaba golini urişdi, bunga xorvatlar tezda javob qaytarişdi, faqat bahsli ofsayd holati öyin overtaymda davom etişiga tösqinlik qildi.
Jahon çempionatida 1/16 final bahslari yakunlanib bormoqda. Bu oqşomda ham yorqin öyinlar bölib ötdi: Portugaliya dramatik keçgan bahsda Xorvatiyani sönggi daqiqalarda mağlub etdi (2:1), Şveytsariya Jazoirdan kuçliroq çiqdi (2:0), Ispaniya esa Avstriyaga heç qanday imkon qoldirmadi (3:0).
Maydonlar taşqarisida ham qiziqarli voqealar bölib ötmoqda. Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Rayan Şerki ruhiy qiyinçilikka uçramoqda, Germaniya futbol federatsiyasi Yulian Nagelsmanndan iste’foga çiqişni söradi, Lionel Messi va Argentina milliy jamoasi futbolçilari esa Mayamidagi aeroport uçiş-qöniş yölagida tintuv qilindi.
Bu 40 yoşli Luka Modriç uçun sönggi jahon çempionati ekani oldindan ma’lum edi. Öyin arafasida Kriştianu Ronaldu ham uşbu turnirdan keyin Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaşi haqida xabar tarqaldi va uşbu öyinga bölgan qiziqişni yanada oşirdi – bu kim uçun «sönggi raqs» bölib qoladi?
Portugallar ilk daqiqalardan kuçli bosim uyuştirişdi va tezkor gol bilan hisob oçilişi mumkin edi, ammo Brunu Fernandeş bir hujum davomida ikki bor zarba berdi – uning birinçi urinişini darvozabon bartaraf etdi, ikkinçi zarbadan keyin töp yölini himoyaçi tösib çiqdi. Köp ötmay Kriştianu jarima zarbasi tepiş huquqiga ega böldi, ammo töp jonli devordan ötmadi. Keyinroq u
Netuning darvozabon hududiga oşirib bergan töpni darvozaga töğrilab yuborişga ulgurmadi.
Kriş va jamoasi birinçi bölimda 9 bor zarba yöllaşdi, ammo hisob oçilmay qoldi. Ikkinçi bölimda esa xorvatlar öyinni kuçaytirişdi va xavfli vaziyatlar yarata boşlaşdi. Şunday hujumlardan birida Ivan Perişiç jarima maydonida yolğiz qoldirildi va u buni keçirmadi. U töpni qabul qiliş va öziga böysundiriş uçun yetarliça vaqt böldi va uçinçi teginişda töp darvozabonning oyoqlaridan ötkazildi.
Mavzuga oid
Şundan keyin öyin qizib ketdi: xorvatlarning yana bir goli Vlaşiçdagi ofsayd holati tufayli inobatga olinmadi. Bunga javoban uyuştirilgan hujumda Leau kuçli zarbasi bilan darvoza tösinini titratdi. Keyin esa Kriştianu Netuning himoyaçilar ortiga havolatib yetkazgan töpga yetib bordi va bir harakat bilan darvozabonni doğda qoldirdi. Portugaliyalik hujumçi golni öz uslubida nişonlaşga ulgurmadi va hakam yana ofsayd holatini qayd etdi.
Ammo şu kuni muxlislar baribir uning gol nişonlaşiga guvoh bölişdi. Portugaliya boş murabbiyi Roberto Martines Vitinya, Netu, Kanselu va Brunu kabi futbolçilarni zaxiraga oldi, ammo Ronalduni qoldirdi. U esa himoyaçi Renatu Veyga tomonidan işlangan penaltini töpni markazga kuç bilan tepiş orqali aniq ijro etdi. Bu uning jahon çempionatlari pley-off bosqiçlarida urgan ilk goli böldi. Bu gol uçun 20 yil va 9 öyin kerak böldi.
Öyinning qolgan qismida öyin şiddati yanada oşdi va Martines Ronalduni ham maydondan olişga qaror qildi.
Futbolçiga almaştirilişi yoqmagan bölsa-da, u murabbiy qarorini qabul qildi va maydondan çiqişda unga qöl berdi.
Murabbiyning qarorini töğri tuşuniş mumkin edi: Ronaldu hisobni tenglaştirganidan almaştirilguniga qadar ötgan 13 daqiqalikda xorvatlar uç marta qulay vaziyatga ega bölişdi, ammo darvozabon Diogu Koşta Kovaçiç va Matanoviçga gol urişga imkon bermadi, Suçiç baribir darvozani işğol etganida esa, ofsayd holati qayd etildi.
Öyinga qöşib berilgan 9 daqiqaning törtinçisi ötib borayotganida esa Gonsalu Ramuş qoida böyiça gol urdi: u Leauning uzatmasiga barçadan baland sakradi va boş bilan töpni darvoza töriga joyladi.
Ammo bu hali hammasi emasdi. Xorvatiya oxirigaça kuraşdi va 90+13-daqiqada darvozani işğol etdi. Ivan Perişiç çap qanotdan töpni jarima maydoniga oşirdi, xorvatlar hujumçisi Igor Matanoviç töpga yetiş uçun baland sakradi, ammo zarba bera olmadi.
Töp yöl-yölakay portugallar himoyaçisi Renatu Veyganing boşiga tegib Mario Paşaliçga bordi, uning teginişidan keyin esa töp darvozabon hududiga qaytdi va u yerga yetib kelgan Gvardiol Diaşdan ildamroq harakat qilib, darvozani işğol etdi.
Xorvatlar golni nişonlaşni boşladi, ammo bu quvonç uzoqqa çözilmadi. Maydondagi ekranda gol tekşirilayotgani haqida yozuv çiqdi. Stop-kadrda Matanoviç töpga sakragan vaqtda Paşaliç ofsaydda ekani körsatildi.
Töp Matanoviçga tegib ötgani esa töpga örnatilgan datçik orqali qayd etildi.
Şundan keyin töp Veygaga ham tegib ötgani öz ahamiyatini yöqotdi.
Köp ötmay hakamning öyin yakunlangani haqidagi huştagi çalindi. Portugaliya keyingi bosqiçga çiqdi va Ispaniya bilan öynaydigan böldi, Modriçning milliy jamoadagi sönggi öyini esa alamli yakunlandi, unga taskin beriş uçun portugaliyalik futbolçilar ham yetib kelişdi.
Avstriyaliklar guruh bosqiçining sönggi turida Jazoir bilan öyinda (3:3) qahramonlik körsatib, 1/16 finalga çiqişgandi. Ralf Rangnik şogirdlaridan navbatdagi öyinda şu ruhda davom etib, ispanlarga kuraş taklif etişi kutilgandi.
Ammo öyinda jamoalar saviyasidagi farq yaqqol sezilib qoldi. «Qizil furiya» ilk daqiqalardan töpni nazorat qildi va raqibga deyarli imkon bermadi. Uzoq davom etgan bosim nihoyat bölim oxirlariga borib, Mikel Oyyarsabal hisobni oçişiga olib keldi.
Rangnik tanaffusdayoq ikki özgarişga qöl urib, maydon markazidagi futbolçilarni almaştirdi, ammo bu öyinda heç narsani özgartirmadi. Ikkinçi bölimda Pedro Porro va yana Oyyarsabal bittadan gol urib, hisobni yirik körinişga keltirişdi.
Jazoir bu öyinda kutilmaganda töpga egalik qildi. Ammo bu şveysarlarning öziga xos hiylasi bölib çiqdi va Murat Yakin şogirdlari ikki bor qarşi hujumdan unumli foydalanişdi. Yevropa vakillarining ilk hujumiyoq gol bilan yakunlandi: 10-daqiqada Bril Embolo darvozabon hududiga yetib bordi va qanotdan oşirilgan töpga oyoq qöyib, hisobni oçdi. Şundan keyin ham afrikaliklar birinçi raqam ostida harakatlanişda davom etişdi, ammo çinakamiga xavfli vaziyatlar yarata olişmadi.
Ikkinçi bölim boşida şveysarlar amalda öyin taqdirini hal qilişdi – Dan Ndoy jarima maydonida öziga kelib qolgan töpni yerlatib, olis burçakka aniq yönaltirdi.
Jazoir yana öyinni öz nazoratiga oldi, ammo Gregor Kobel darvozasi qarşisida deyali heç narsa qila olmadi. Öyinning qolgan qismida yevropaliklar hisobdan kelib çiqib öynaşdi va uçinçi gol uçun harakat qilişmadi, raqib esa ularning himoyasidan öta olmadi. Yakunda Şveytsariya işonçli hisobdagi ğalabani saqlab qoldi va keyingi bosqiçda Kolumbiya – Gana juftligiga qarşi öynaydigan böldi.
Şerkining muammolari
Fransiya milliy jamoasi bu safargi jahon çempionatida boşqalardan bir boş yuqori körinmoqda. «Uçranglilar» Senegal (3:1), Iroq (3:0), Norvegiya (4:1) va Şvetsiya (3:0) kabi raqiblarga heç qanday imkon qoldirmadi. Bunday natijalardan keyin jamoa içkarisidagi muhit a’lo darajada ekani haqida tasavvur paydo bölgandi. Ammo bunday bölib çiqmadi.
L'Equipe ma’lumotiga köra, «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi Rayan Şerki turnir mobaynida ruhiy muammolarni boşdan keçirmoqda. Futbolçiga yaqin kişilar jurnalistlarga u şaxsiy hayotidagi muammolar tufayli uyqusizlikdan aziyat çekayotganini xabar qilişgan. Öyinlarga tuşirilmayotgani esa muammoni yanada oğirlaştirgan: u bu turnir davomida tört öyinda jami 60 daqiqa ham maydonda bölmadi.
Şu bilan birga, murabbiylar ştabi Şerkini tuşunişga harakat qilmoqda. Şuning uçun Dide Deşam şvedlar bilan öyindan keyin Rayan öziga oçiqçasiga jahl qilganiga e’tibor qaratmagan.
Germaniyada ham iste’fo
Jahon çempionatini tark etgan jamoalar birin-ketin boş murabbiylarini iste’foga çiqarmoqda. Paragvaydan uçralgan mağlubiyatdan keyin (1:1, penaltilar böyiça 3:4) Germaniya futbol federatsiyasi vakillari boş murabbiy Yulian Nagelsmann bilan uçraşuv ötkazişgan va undan öz ixtiyori bilan iste’fo berişni söraşgan.
Yakunda 38 yoşli mutaxassis ham bunga rozi bölgan. Yulian böş qöl bilan ketmaydi, unga 7 million yevro miqdorida tovon puli tölab berilişi kerak.
Uning örniga esa Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasi boş murabbiyi bölişi kutilmoqda.
Bu jahon çempionatida qatnaşgan jamoalarda yettinçi iste’fo böldi: Tunis guruh bosqiçining birinçi turidan keyinoq Sabri Lyamuşiga javob bergandi. Guruh bosqiçi yakunlanganidan keyin Hen Men Bo (Janubiy Koreya), Stiv Klark (Şotlandiya) va Miroslav Koubek (Çexiya) iste’foga çiqdi. Pley-offdagi natijalardan keyin Ronald Kuman (Niderlandiya) va Sebastyan Bekkasese (Ekvador) ham lavozimini tark etgandi.
Messini ham tintuv qilişdi
Butun turnir mobaynida qaysidir jamoa diqqat bilan tekşirilgani haqidagi xabarlar çiqib turdi. Bu jarayondan Argentina milliy jamoasi ham çetda qolmadi.
Lionel Messi va uning jamoadoşlarini Mayamida metall detektorlar bilan kutib olişdi. Bu holatni jamoa sardori kinoya bilan qabul qildi: ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Leo tintuv vaqtida tinimsiz kulib turganini köriş mumkin.
Katta ehtimol bilan, uning bunday reaksiyasiga u doim «Inter Mayami» jamoasi safida uşbu terminaldan foydalanişi, ammo bu kabi xavfsizlik çoralariga ilk marta duç kelgani sabab bölgan.
Navbatdagi öyinlar
3 iyul kuni keçqurun va 4 iyulga ötar keçasi 1/16 finalning sönggi öyinlari bölib ötadi:
3 iyul. 23.00. Avstraliya — Misr
4 iyul. 03.30. Argentina — Kabo-Verde
4 iyul. 06.30. Kolumbiya — Gana